Daraxtkent Map loyihasi haqida

Daraxtlar — bu qurilish, yo‘llarning kengayishiga «to‘sqinlik qiladigan» yoki oddiygina binolarning fasadiga to‘g‘ri kelmaydigan estetik predmetlar emas. Daraxtlar inson hayoti va sog‘lig‘i uchun juda ahamiyatlidir. Ma’lumki, ifloslangan havo bilan nafas olish yurak xurujlari, insult, diabet va yuqori qon bosimi kabi salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

O'zbekiston aholisi bu ro'yxatda 2-o'rinda turadi. Ya'ni 31% aholi orasida ekologik qiziqish mavjud emas va ular iqlim o'zgarishlarini real xavf deb hisoblashmaydi. Bu esa aholi orasida ko'plab tushuntirishlar olib borish va ekologik ogohlikni oshirish muhim ekanligini ko'rsatadi.

Yel universiteti tomonidan tuzilgan ekologik natijadorlik indeksi 11 toifadagi samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi va atrof-muhit holati va ekotizimning barqarorligi bo‘yicha 180 mamlakatni baholaydi. 2020 yilgi tadqiqotlarga ko‘ra, havo sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning 180 mamlakati orasida 177-o‘rinni egalladi.

Aniq savol vujudga keladi: endi nima qilish kerak? Qanday qilib havo sifatini yaxshilash va dunyodagi eng iflos havodan nafas olishni to‘xtatish mumkin? Biz qila oladigan eng birinchi, eng oson va eng qulay harakat — daraxtlarni boshqa kеsmaslikdir! Tadqiqotlar havo sifatining yomonligi yurak-qon tomir kasalliklari o‘lim holatining 19 foiziga va o‘pka saratoni o‘lim holatining 29 foiziga sabab ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bundan ko‘rinadiki, sog‘liqqa ko‘rsatilgan bu ta’sirlar sog‘liqni saqlash xizmatlariga xarajatlarning oshishiga va katta iqtisodiy xarajatlarga olib keladi. The Lancet jurnalida chop etilgan 2017 yilgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shaharlarda ko‘kalamzorlashtirishning 10% ga ko‘payishi erta o‘limning o‘rtacha 4% ga kamayishiga olib kelgan.

toshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2005-yilda olingan suratitoshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2020-yilda olingan surati

Toshkent (birinchi surat — 2005 yil iyul, ikkinchisi — 2020 yil may). Manba: Google Earth.

toshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2005-yilda olingan suratitoshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2020-yilda olingan surati

Toshkent, Chilonzor tumani (birinchi surat — 2008 yil iyun, ikkinchisi — 2019 yil iyul). Manba: Google Earth.

toshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2005-yilda olingan suratitoshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2020-yilda olingan surati

Toshkent, sobiq Komsomol ko‘li (hozirgi Milliy Bo'g va Magic City)(birinchi surat — 2014 yil iyul, ikkinchisi — 2020 yil avgust). Manba: Google Earth.

toshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2005-yilda olingan suratitoshkent shahrining sun'iy yo'ldoshdan 2020-yilda olingan surati

Toshkent markazi (birinchi surat — 2008 yil iyul, ikkinchisi — 2020 yil avgust). Manba: GoogleEarth.

Loyihaning amaliy g'oyasi

Dunyoda daraxlarning kesilishi mumkin bo’lgan har bir holat, ularni boshqa joyga ko’chirib o’tkazish bo’yicha jamoatchilik muhokamasini talab etadigan amaliyot mavjud. Yaqin atrofda yashovchiliarni daraxtlar kesilishi mumkin bo’lgan holatlarda yozma tartibda xabardor qilishi mumkin. Yozma xabarnoma kesilishi rejalashtirilgan daraxt yaqinida osib qo’yilishi kerak. Unda so’z yuritilayotgan daraxt, uning kesilish sabablari va jamoat muhikamasi o’tkaziladigan vaqt, joy ko’rsatiladi. Barcha hohlovchilar muhokamada ishtirok etishlari mumkin.

Agar har bir fuqaro shahar daraxtlari, shahar bog‘lari va yashil maydonlarning ahamiyatini tushunishni boshlamasa va ular uchun javobgarlikni his qilmasa, bu muammoni hal qilish mushkul bo‘ladi.

Adopt-A-Tree dasturidan olingan daraxtlar xaritasi, Kembrij, Massachusets, 2021 yil.

Adopt-A-Tree dasturidan olingan daraxtlar xaritasi, Kembrij, Massachusets, 2021 yil

Eng avvalo, shahardagi har bir daraxt o‘z pasportiga va xaritadagi joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholi o‘z uylari (biznesi, maktabi va h.k.) yaqinida o‘sayotgan daraxtlarni «asrab olishi» va ularni sug‘orish va to‘g‘ri parvarish qilish majburiyatini olishlari mumkin. Ushbu vazifani shahar aholisi hech bir qiyinchiliksiz bajara oladi va hozirdanoq uni keng miqyosda amalga oshirishni boshlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir daraxtning unga g‘amxo‘rlik qiladigan, ayniqsa, zanjirli benzoarrali odamlardan himoya qiladigan kishisi bo‘lishi kerak.